Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniyada bekor qilingan to‘y tantanasi uysizlar uchun bayramga aylantirildi
AQShning Sakramento shahrida (Kaliforniya shtati) kelin va kuyov tomonidan bekor qilingan to‘y marosimi uysizlar uchun ziyofatga aylanib ketdi. Bu haqda KCRA telekanali xabar bermoqda.
Aytilishicha, kelin va kuyov to‘yga bir necha kun qolganida o‘z qarorlarining to‘g‘riligiga shubha qilib qolishgan. Kelinning onasi Kari Dueyn 120 kishiga mo‘ljallangan bayram dasturxoni uchun pul to‘lab bo‘lingani tufayli ular bu yerga uysizlarni taklif qilib, banket uyushtirishga qaror qilishgan.
“Biz ular umrlarida hech bo‘lmasa bir marta shaharning eng yaxshi mehmonxonalaridan birida ovqatlanishlarini istadik”, - dedi ayol.
Banketga 90 mehmon taklif qilindi. Tadbirga 35 ming dollar sarflandi.