Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
LG va Samsung 2016 yilda yig‘iladigan displeyli smartfonlarini taqdim etadi
Janubiy Koreyaning Business Korea manbasi 2016 yilda eng kamida ikkita kompaniya yig‘iladigan ekranga ega smartfonlarini taqdim etadi.
Samsung kompaniyasining Project Valley smartfoni haqidagi gap-so‘zlar bir necha marotaba diqqat markazida bo‘ldi. Xabarlarda keltirilishicha, uskuna katta buklanadigan OLED-displeyiga ega bo‘ladi. Boshqa texnik imkoniyatlari ham zamondan ortda qolmasligi aytilmoqda. Shu o‘rinda, axborot manbalarining tasdiqlashicha, LG kompaniyasi ham o‘zining yig‘iladigan smartfoni ustida olib borilayotgan ishlarni qariyb nihoyasiga yetkazgan, uning ilk prototipi esa 2015 yil boshida ishlab chiqilgan.
Yig‘iluvchi ekranlardagi kichik muammo oshiq-moshiqlar bilan bog‘liq bo‘lib, ular ekran ishiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin, deb hisoblanadi. Biroq kompaniyalarda mazkur muammoga yechim borga o‘xshaydi.
Katta ehtimol bilan LG va Samsung kompaniyalarining ilk yig‘iluvchi smartfonlari tijoriy mahsulotdan ko‘ra, ulkan daromad keltiradigan texnologik ishlanma sifatida taqdim etiladi. Masalan, texnologiya Apple singari kompaniyalarga katta mablag‘ evaziga sotilishi mumkin. iPhone`ning ilk yig‘iladigan smartfoni esa 2018 yilda ishlab chiqarish rejalashtirilgan.