16:19 / 19.10.2015
9172

«Minor» masjidi gumbazi qoplamalarining tushib ketishi yuzasidan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ishchi guruhi tuzildi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Toshkent shahridagi «Minor» masjidi gumbazidagi ko‘k rangli qoplamalarning to‘kilib tushgani yuzasidan tekshiruv olib borishi uchun ishchi guruh tuzdi. Bu haqda «Uz24» xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, ayni vaqtda ishchi guruh hodisa joyiga yetib borgan va masjidda yuz bergan holatni ko‘zdan kechirib, yetgan zararni o‘rganib chiqmoqda.

Biroz avvalroq, yomg‘irlar natijasida «Minor» masjidi gumbazidagi ko‘k plitkalarning bir qismi to‘kilib tushgani xabar qilingan edi.

Ma'lumot uchun, ushbu masjid qurilishi 2013 yilda boshlangan va 2014 yilning 1 oktabr kunida foydalanishga topshirilgan edi.

Top