23:10 / 19.10.2015
4065

New York Post: o‘smir yoshli xaker AQSh markaziy razvedka boshqarmasining elektron pochtasini buzdi

Anonim xaker New York Post nashriga AQSh MRBning rahbari Jon Brennonning elektron pochtasiga kirganligi haqda ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u elektron pochta orqali Brennonning muhim va shaxsiy hujjatlari, shuningdek, oliy darajada turuvchi bir qancha ofitser haqidagi ma'lumotlarni qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, xakerning so‘zlariga ko‘ra, qo‘lga kiritilgan hujjatlarda “kelajak texnikasi” haqda gap ketadi.

Xakerning o‘zini Crackas With Attitude guruhining a'zosi sifatida tanishtirgan. Uning aytishicha, u maktablardan birida o‘qir, AQShning olib borayotgan tashqi siyosatiga uncha ham qo‘shilmas ekan. Ayni damda AQSh federal qidiruv byurosi xakerni topish ishlarini boshlab yuborgan.

Top