Jamiyat | 00:36 / 19.10.2015
5681
1 daqiqa o‘qiladi

Noma'lum shaxs Kanada lotereyasi tarixidagi eng katta yutuqqa ega bo‘ldi

Kanadalik noma'lum shaxs Kanadada o‘ynaladigan Lotto 6/49 lotereyasi tarixidagi eng katta yutuqni qo‘lga kiritdi. Yutuq qiymati 64 mln Kanada dollarini (49,5 mln AQSh dollari) tashkil qildi, deb xabar bermoqda CBC telekanali.

Omadli chipta Kanadaning Torontodan g‘arbda joylashgan Mississoga shahrida sotilgan. Yutuq egasining nomi hozircha noma'lum.

Avvalroq Lotto 6/49 tarixidagi eng katta yutuq 63,4 mln Kanada dollarini (47,4 mln AQSh dollari) tashkil qilgan. Bu yutuqni 2013 yilda 4 kishi bo‘lishib olgan edi.

Jyekpot o‘ynalishidan bir kun oldin kechki payt Lotto 6/49 chiptalari sotiladigan do‘konlar va kiosklar oldida “omadli chiptani qo‘lga kiritishni” istaganlardan iborat katta navbatlar yuzaga kelgan, deb ta'kidlamoqda telekanal.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish