Sport | 08:58 / 19.10.2015
3371
1 daqiqa o‘qiladi

«Nyu-York Red Bulls» hujumchisi 7-soniyadayoq gol urib, MLS rekordini o‘rnatdi

«Nyu-York Red Bulls» jamoasi hujumchisi Mayk Grella MLS rekordi sohibiga aylandi.

28 yoshli hujumchi "Filadelfiya Yunion" jamoasiga qarshi uchrashuvning 7-soniyasidayoq gol urdi. Bu gol MLS tashkil topgan vaqtdan buyon urilgan eng tezkor gol sifatida tarixga kirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish