15:39 / 19.10.2015
6944

O‘zbekiston – aholi jon boshiga pilla yetishtirish bo‘yicha dunyoda birinchi

O‘zbekiston tut daraxti barglari bilan oziqlanadigan ipak qurtidan pilla yetishtirishning aholi jon bo‘shicha taqsim qilinishi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Umumiy ishlab chiqariladigan xom ashyo miqdori bo‘yicha esa Xitoy va Hindistondan keyingi o‘rinni egallaydi. Bu haqda 15-16 oktabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan XI O‘zbekiston xalqaro paxta va tekstil yarmarkasi vaqtida e'lon qilindi.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 2015 yilda O‘zbekistonda pilla yetishtirish hajmi 26 ming tonnadan oshgan.

“O‘zbekengilsanoat” AK xabariga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatimizda 36ta muassasa pilla xom ashyosini qayta ishlash sohasida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ularning ishlab chiqarish quvvati bir yilda 2000 tonna ipak xom ashyosi, 200 tonna yigirilgan ipak tolasi, 1 mln metr uzunlikdagi mato va 1000 kvadrat metr gilamni tashkil etadi.

2015 yilda yana 4ta ipakchilik korxonasi ish boshlash rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu maqsadlar uchun 7 mln dollar ajratiladi. Natijada ipak matosini to‘qish hajmi yiliga 3,4 mln pogon metrga yetkaziladi.

Top