Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik muhojir Tuladagi qurilish maydonida yiqilib, halok bo‘ldi
Tula viloyati tergovchilari o‘zbekistonlik muhojirning yangi uy qurilishi vaqtida shaxta liftidan yiqilib halok bo‘lishi voqeasi bo‘yicha tekshiruv olib borishmoqda. Bu haqda Tergov qo‘mitasining hudud bo‘yicha rahbarining birinchi yordamchisi Zinaida Kaminskaya ma'lumot bergan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Tula viloyatining Zarechensk tumanidagi qurilish hududida 33 yoshli o‘zbekistonlik shaxta liftidan qulab tushib, halok bo‘lgan. U qurilish ishchisi bo‘lmagani aniqlangan.
U shifoxonaga borganidan keyin olamdan o‘tgan.
Hodisa bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.