09:47 / 19.10.2015
5864

Poroshenko Boeing ishidagi “yolg‘on” Rossiya nufuziga barbod qiluvchi zarba berganini aytdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Malayziya samolyotining Donbassda falokatga uchrashi bo‘yicha ishdagi “yolg‘on” Rossiyaning dunyodagi nufuziga barbod qiluvchi zarba berdi, deb aytdi. Bu haqda UNN agentligi ma'lum qildi.

Poroshenkoning aytishicha, tergov samolyot ayirmachilar nazorat qilgan hududdan urib tushirilganini ko‘rsatdi.

13 oktabrda rossiyalik va gollandiyalik tadqiqot guruhlari samolyotning qulashi bo‘yicha o‘z hisobotlarini chop etdilar. Hisobotda MH17 reysi bilan uchgan samolyot 2014 yil iyulda Donetchinadan “Buk” majmuasidan “yer-havo” raketasi bilan urib tushirilgani aytilgan.

Hisobotda aytilishicha, Ukraina va Niderlandiya tomonidan fuqarolik samolyotlarining Ukraina sharqi hududidan uchishi xatarlari tegishlicha baholanmagan. Poroshenkoning aytishicha, Boeing 777 urib tushirilishi oldidan hech kim ayirmachilarda bunga qodir qurol borligini kutmagan.

Avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligida Rossiya Niderlandiyaga Boeing MH17 samolyotining falokatga uchrashi bo‘yicha tergovni qayta boshlashni taklif qilishi aytilgandi.

Top