Texnologiya | 21:18 / 19.10.2015
3420
1 daqiqa o‘qiladi

Porsche ikki eshikli krossover ishlab chiqaradi

Porsche kompaniyasi yangi krossover ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Auto Bild xabar bermoqda.
Yangi model ikki, keyinchalik esa to‘rt eshikli etib tayyorlanishi ko‘zda tutilmoqda. Nashrning ma'lum qilishicha, birinchi variant Cayman kupesiga o‘xshab ketadi.
Bo‘lajak modelning aytarli hech qanday yangiligi yo‘q. Ma'lum qilinishicha, uning debyuti 2020 yilga mo‘ljallangan.

Ayni vaqtda Macan Porsche kompaniyasining eng kichik krossoveri hisoblanadi. Model 2013 yilning noyabr oyida namoyish etilgan edi.

Porsche kompaniyasi ayni damda yangi avlod vakili bo‘lmish Panamera xetchbekini taqdim etish arafasida turibdi. Modelning premerasi 2016 yilning martida Jyeneva avtosalonida bo‘lib o‘tadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish