Jamiyat | 21:21 / 19.10.2015
5029
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda tovlamachilik bilan 4.5 ming dollar pul undirmoqchi bo‘lgan ayollar qo‘lga olindi

Qashqadaryoda tovlamachilik bilan 4.5 ming dollar pul undirmoqchi bo‘lgan ayollar qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Aytilishicha, Z. Bozorovaning uyiga ikkita ayol kelib, uning o‘g‘li Rossiyaga ketib ishlaganida ayollarning jiyanini ham ishlatgani, lekin unga tegishli 7 oylik maoshni bermaganini aytishgan. Ular ayoldan pullarni qaytarishni talab qilib, aks holda prokuraturaga murojaat qilishlari bilan qo‘rqitishgan.
Qo‘rqitishlar bir necha kun davom etgan. Ular hatto ariza topshirib qo‘yishganini, 5 ming dollar evaziga uni qaytarib olishlarini aytishgan.
Shunda Z. Bozorova tegishli tashkilotlarga murojaat qilgan.
Tovlamachilar kelishilgan joyda Z. Bozorovadan 4.4 ming dollar olayotganlarida qo‘lga tushishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish