Jahon | 17:42 / 19.10.2015
4056
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadagi OO‘Yularida talabalarga IShIDga yollanishmasligi uchun yordam puli tarqatiladi

Yoshlarning IShID saflariga yollanish muammosiga qarshi kurash doirasida Rossiyadagi oliy o‘quv yurtlarida talabalarga nafaqa tarqatish joriy qilinadi. Bu haqda Jamoat diplomatiyasini rivojlantirish va xorijdagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Rossiya jamoat palatasi rahbari Yelena Sutormina "Ria Novosti" nashriga ma'lum qilgan.

U bu masalaga jiddiy qarash kerakligi va unga qarshi kurashda faol bo‘lish zarurligini qayd etgan.

"Loyiha ishlab chiqilgan. Ayni vaqtda bu loyiha maxsus xizmatlar tomonidan tekshirilmoqda. Oktyabr oyi oxirida yoki noyabr oyi boshida matbuot anjumani o‘tkaziladi va barchasi aniq aytiladi. Yil oxirigacha, OO‘Yulari bo‘ylab talabalarga maxsus nafaqalar tarqatilishi boshlanadi", deydi u.

Biroz oldinroq, Suriyadagi IShID jangarilari safiga Rossiyadagi yoshlarni yollamoqchi bo‘lgani uchun Tojikiston fuqrosi 16 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish