10:34 / 19.10.2015
8818

Suriya mojarosi: Hafta davomida Yaqin Sharq mintaqasiga bog‘liq muhim xabarlar (12-18 oktabr)

Quyida hafta davomida "Suriya mojarosi" bo‘yicha yuz bergan eng muhim yangiliklarni takroran havola qilamiz (12-18 oktabr).

AQSh: Asadga Rossiya va Eron bosim o‘tkazishi lozim>>

Suriyadagi siyosiy vaziyatni maromga keltirish uchun Rossiya va Eron Bashar Asad hukumatiga ta'sir o‘tkazishi kerak.

Lavrov: AQSh Rossiya bilan aloqaga kirishishdan qochmoqda>>

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov AQSh terrorchilarga qarshi kurashda muvofiqlashtirishni kuchaytirish masalasida Rossiya bilan aloqaga kirishishdan qochayotganini ma'lum qildi, deya xabar berdi TASS.

Rossiya va AQSh elchilari Turkiya TIVga chaqirildi>>

Rossiya va AQSh elchilari Turkiya TIVga chaqirildi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

Ramzon Qodirov: Rossiyada terrorchilar uchun o‘lim jazosi kiritilishi lozim>>

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Rossiyada terrorchilar uchun o‘lim jazosi kiritilishi lozimligini, chunki ularning qamoqda saqlanishi “noto‘g‘ri” ekanligiga ishonchi komilligini aytdi. Uning fikricha, bunday kimsalar musulmonlar bilan hech qanday umumiy jihatga ega emas. 

Obama va Erdo‘g‘an IShIDga qarshi kurashni kuchaytirish va Rossiyaning Suriyadagi ishtirokini muhokama qilishdi>>

AQSh va Turkiya prezidentlari Barak Obama va Rajab Toyib Erdo‘g‘an telefon orqali suhbatda IShIDga qarshi kurashda hamkorlikni faollashtirishga kelishib oldilar.

Rossiya Saudiya Arabistoni bilan Suriyadagi operatsiya borasida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi>>

Saudiya Arabistoni delegatsiyasi Rossiya rahbariyati bilan uchrashuvida Rossiyaning Suriyadagi operatsiyasi borasida xavotirlanayotganini aytdi. Moskva bunga javoban uning Suriyadagi asosiy maqsadi hamisha IShIDga qarshi kurashish bo‘lganini ma'lum qildi. Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayrning bu haqdagi bayonotini RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

AQShning Suriyadagi sobiq elchisi Obamaning besamar siyosati sababli iste'foga chiqdi>>

AQShning Suriyadagi sobiq elchisi Robert Ford ma'muriyat Yaqin Sharqdagi mojaro munosabati bilan olib borayotgan siyosat sababli iste'foga chiqqanini ma'lum qildi, deya yozmoqda Washington Examiner jurnali.

WP: AQSh Suriya muxolifatini qo‘llab, o‘zi bilmagan holda Rossiya bilan urush qilmoqda>>

AQSh Suriyadagi muxolif kuchlarga ko‘rsatayotgan harbiy yordam Yaqin Sharqdagi ixtilofda muhim o‘rin tutmoqda, buning natijasida u va Rossiya o‘rtasida yashirincha urush ketmoqda, deb yozadi The Washington Post nashri.

Suriya harbiylari: terrorchilar Turkiya chegarasiga ketmoqda>>

Suriya qurolli kuchlarining muvaffaqiyatlari jangarilarning katta qismini chekinishga majbur qilmoqda, deb xabar beradi RIA Novosti agentligi. 

Rossiyaning Suriyadagi harbiy xarajatlari 1 mlrd dollarga baholandi>>

Rossiyaning Suriyada amalga oshirayotgan harbiy operatsiyasining xarajatlari 1 mlrd dollarga baholandi. Bu haqda “Kommersant'” nashri xabar bermoqda.

Rossiyaning Suriyadagi elchixonasi hududiga ikkita mina tashlandi>>

Rossiyaning Suriyadagi elchixonasi hududiga ikkita mina tashlandi. Bu haqda TASS agentligiga diplomatik vakillikning birinchi kotibi Eldar Qurbanov ma'lumot berdi.

Putin AQSh qurollari IShID qo‘liga tushmasligiga kafolat yo‘qligini aytdi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh yana Suriyaning mo‘'tadil muxolifatiga qurol-yarog‘ yetkazishni boshlagani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.

Eron Suriyadagi jangarilarga qarshi quruqlikdagi harbiy harakatlarni boshladi>>

Suriya armiyasi Eron va "Hizbulloh" tashkilotlari hamkorligida Halabdagi jangarilarga qarshi keng miqyosli hujumga o‘tishga tayyorlanmoqda. Bu haqda o‘z manbasiga asoslangan holda Reyter xabar bergan.

Sergey Lavrov: Yaqin Sharqda terrorchilikning yoyilishi davlatlar barbod qilinishi bilan bog‘liq>>

Yaqin Sharqda terrorchilikning yoyilishi muammosi davlatchilikning barbod qilinishi bilan bog‘liq. Bunday fikrni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov NTV telekanaliga bergan intervyusida bildirdi.

O‘zbekiston fuqarosi “Tvitter” orqali IShID qo‘lidan qutqarilishini so‘ramoqda>>

8 oktabr kuni O‘zbekiston fuqarosi “Tvitter” orqali bir necha marotaba IShID qo‘lidan qutqarishlarini so‘rab murojaat qildi. O‘zining ma'lum qilishicha, yigit hamyurtlari tomonidan aldov yo‘llari orqali IShID jangarilariga sotib yuborilgan va agarda hech kim yordamga kelmasa, uni o‘ldirib yuborishadi.

TIV: Rossiya Asadni qo‘llab-quvvatlamaydi, lekin Suriya davlatchiligini saqlab qolish tarafdori>>

Rossiya Suriya prezidenti Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlamaydi, ammo Suriya davlatchiligini saqlab qolish lozim deb hisoblaydi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova bayonot berdi.

Oq uy: Moskvaning IShIDga qarshi kurashdagi pozitsiyasi Rossiya delegatsiyasini qabul qilishni rad etishga sabab bo‘ldi>>

Moskvaning IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurashga “samarali ulush qo‘shish”ni istamasligi AQSh tomonidan Suriya ixtilofini muhokama qilmoqchi bo‘lgan Rossiya delegatsiyasini qabul qilishni rad etishiga sabab bo‘ldi. 

OAV: IShID neftdan kuniga 1.5 mln dollar daromad ko‘rmoqda>>

Suriya va Iroqning IShID nazorati ostidagi hududlarida joylashgan 9ta neft konidan ekstremistik tashkilot kuniga 1.5 mln dollar daromad olmoqda. Bu haqda “Vedomosti” nashri xabar bermoqda.

Putin AQShning Medvedevni qabul qilishdan bosh tortganini noloyiq pozitsiya deb atadi>>

Rossiya prezidenti AQShning Rossiya delegatsiyasini qabul qilishdan bosh tortganini noloyiq pozitsiya deb hisoblaydi. Bu haqda 15 oktabr kuni TASS xabar qildi.

Putin: Rossiya harbiylari Suriyada diqqatga sazovor natijalarga erishdi>>

Rossiya harbiylari Suriyada o‘tkazilayotgan harbiy operatsiya chog‘ida diqqatga sazovor natijalarni qo‘lga kiritishdi.

Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari Bosh shtabi IShID jangarilari sonini 40-50 ming atrofida deb baholadi>>

IShID jangarilari soni 40-50 ming atrofida, deya ma'lum qildi Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari Bosh shtabi vakili Andrey Kartapolov.

Rossiya Bosh shtabida Suriyadagi IShID jangarilari ommaviy ravishda qochayotgani ma'lum qilindi>>

Suriyadagi IShID jangarilarining jang maydonidan qochishlari ommaviy tus olmoqda, deb aytdi Rossiya Qurolli kuchlari bosh shtabi bosh tezkor boshqarmasi boshlig‘i, general-polkovnik Andrey Kartapolov. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

Atambayev: Suriyaning bugun mo‘'tadil muxolifati ertaga radikallashishi mumkin>>

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev diniy ekstremistlarni “mo‘'tadil” va “nomo‘'tadil”larga bo‘lish to‘g‘ri emasligini ta'kidladi.

Rossiya mudofaa vazirligi jangarilarining yer osti bunkeri yo‘q qilinishi videosini e'lon qildi>>

Rossiya mudofaa vazirligi Suriyadagi jangarilarning Xama viloyatida joylashgan yashirin yer osti bunkerining yo‘q qilinishi qayd etilgan videolavhani e'lon qildi. Video idoraning YouTube servisidagi sahifasida paydo bo‘ldi.

IShID “Jabhat an-Nusra”ga qarshi uchta terakt sodir etdi>>

IShID guruhi jangarilari Idlib atrofida “Jabhat an-Nusra” guruhiga qarshi uchta terakt sodir etgani Suriyadagi turli radikal kuchlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarning kuchayib borayotganidan dalolatdir. 

Top