Jamiyat | 10:54 / 19.10.2015
4444
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyada avtokolonnaga berilgan zarba natijasida IShIDning 40 jangarisi o‘ldirildi

IShID terrorchi guruhining avtomobillari kolonnasiga berilgan aviazarba natijasida kamida 40 jangari yo‘q qilindi. Bu haqda Syrian Observatory for Human Rights (SOHR) tashkiloti ma'lumot berdi.

Aviahujum 18 oktabr kechasi Xama viloyatida sodir etilgan. Uning natijasida 16 mashinadan iborat kolonna to‘liq yo‘q qilingan.

Tashkilot rahbari Rami Abdulrahmonning so‘zlariga qaraganda, aviazarba kim tomonidan amalga oshirilgani haqida ma'lumot yo‘q. Bu hujumni Rossiya aviatsiyasi yoki Suriya armiyasi bajargani taxmin qilinmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish