Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyaning Rossiyadagi elchisi: AQSh IShID marralariga Moskva aviazarbalaridan so‘ng e'tibor qaratdi
Suriya arab respublikasining Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Riyod Haddad Rossiyaning Suriyada olib borayotgan operatsiyalari birinchi yakuni bo‘yicha” nashriga intervyu berdi.
“Qachonki rossiyalik harbiylar IShID terrorchilik guruhi marralariga zarba berishni boshlagach, AQSh ham terrorchilarning marralarini nishonga ola boshladi. Agar amerikaliklarning bu borada qo‘lga kiritgan yutuqlarini e'tirof etadigan bo‘lsak, ular bunga oxirgi oylardagina erishishdi”, — dedi Haddad.
Elchining tasdiqlashicha, Suriya hukumatining AQSh boshchiligidagi koalitsiya bilan rasmiy va norasmiy hech qanday aloqalari yo‘q.
Haddadning ma'lum qilishicha, Rossiya tomonidan berilgan aviazarbalar natijasida terrorchilarning bir qancha qurol-yarog‘ saqlanadigan omborxonalari, qo‘mondonlik punktlari, ularni birlashtirib turuvchi yo‘llar yo‘q qilingan.