Jamiyat | 23:14 / 19.10.2015
3932
1 daqiqa o‘qiladi

Teylor Svift 2015 yilning eng ko‘p haq to‘lanadigan qo‘shiqchisi bo‘ldi

2015 yilda 25 yoshli qo‘shiqchi Teylor Sviftning moddiy holati 317,8 mln dollar hisoblanib, yilning eng ko‘p haq to‘lanadigan qo‘shiqchisiga aylandi, deb xabar bermoqda Express.

Svift o‘zining bu pullarini “1989” deb nomlangan albomi, bir qancha gostrol safarlari va reklama kampaniyalaridan ishlab topgan.

Amerikalik moliyaviy tahlilchilarning fikricha, yil oxiriga kelib, uning moliyaviy holati 365 mln dollarga oshishi mumkin. Bu u har kuni 1 mln dollar pul ishlab topadi deganidir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish