18:52 / 19.10.2015
5006

Tojikiston qishloqlarida elektr quvvati iste'moli cheklandi

Shu yilning 18 oktabridan Tojikistonning chekka tumanlarida elektr quvvatini iste'mol qilishga ma'lum cheklovlar joriy qilindi. Bu haqda News.tj sayti xabar bermoqda.

“Barqi tojik” korxonasi matbuot kotibi Nozir Yodgoriyning so‘zlariga qaraganda, qishloq hududlaridagi cheklovlar Norak suv ombori suvini tejash uchun joriy qilingan.

U ayni kunlarda qishloqlarga elektr quvvati ma'lum miqdorda uzatilayotganini, bu miqdorni esa mahalliy elektr tarmoqlari vakillari belgilab berishini ta'kidladi.

Top