Jahon | 13:19 / 19.10.2015
3578
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonlik erkak Suriyadagi janglarda ishtiroki uchun 16 yilga qamaldi

Tojikistonning So‘g‘d viloyatida istiqomat qiluvchi erkak Suriyadagi harbiy harakatlarda ishtirok etganlikda ayblanib, 16 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Asia Plus nashri xabar bermoqda.

Aytilishicha, 29 yoshli erkak Spitamen tumanining Nov qishlog‘ida yashab kelgan. 2013 yilda u Moskvadan Suriyaga chiqib ketib, “Jabhat an-Nusra” safiga ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan va 15 kun davomida uning qarorgohida tayyorgarlik o‘tagan. Moskvaga qaytib kelgach, guruh a'zolari bilan ishlagan, xususan, pul to‘plagan va hujjatlar tayyorlagan.

2015 yil yanvarida u Ukraina chegarasidan o‘tmoqchi bo‘lganida qo‘lga olinib, Tojikistonga qaytarib yuborilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish