Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Markaziy Osiyo sanoat haftaligi bo‘lib o‘tadi
2015 yilning 20-22 oktabr kunlari Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazma majmuasida “Markaziy Osiyo sanoat haftaligi” bo‘lib o‘tadi.
2015 yilgi Central Asian Industrial Week haftaligi yettita ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmani o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lib, ularning har biri sanoatning alohida sohasini aks ettiradi: “Tog‘-kon ishi” (MiningWorld Uzbekistan), “Metallurgiya, Mashinasozlik va Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish” (Machinery Central Asia), Sanoat qurilishi va maxsus texnika” (UzComak), “Qo‘riqchilik, Xavfsizlik, Yong‘inga qarshi himoya” (CAIPS), “Kimyo sanoati” (Chemie Uzbekistan), “Plastmassa industriyasi” (Plastex Uzbekistan), “Poligrafiya va qadoqlash” (O'ZBEKinPRINT-O'ZuPACK).
Mazkur birlashgan ko‘rgazmalar ekspozitsisida jahonning 21 ta mamlakatidan 110 dan ziyod kompaniyalar ishtirok etishi kutilmoqda.
Ko‘rgazmaning ishchi dasturidan, biznes uchrashuvlar, taqdimotlar, davra suhbatlari hamda eksponentlar va mutaxassislar o‘rtasidagi muzokaralar ham o‘rin olgan.