Jamiyat | 21:17 / 19.10.2015
4786
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda tadbirkorlarni aldab yurgan firibgar ayol qo‘lga olindi

Toshkentda tadbirkorlarni aldab yurgan firibgar ayol qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Aytilishicha, Barno Saidvaliyeva bozorda tanishlar orttirib, ularning ishonchiga kirgan va sotilayotgan mahsulotlarini “qarzga” olib, shu bilan qaytarib bermagan. Jumladan, Ruzalina Gumerovadan 1.5 mln so‘mlik ko‘rpa-to‘shak, Ra'no Janovadan 650 ming so‘mlik ayollar xalatlari olib ketgan.
Shu yo‘llar bilan u ayol sotuvchilardan bir necha millionlik mahsulotlarni olib ketgan. Hatto qarindoshi Mamlakat Sultanovaning uyidan 1.8 mln so‘m naqd pul va 2 mln so‘mlikdan ortiq buyumlarni o‘g‘irlab chiqib ketgan.
Aldanganini tushungan ayollar tegishli idoralarga murojaat qilishga majbur bo‘lishgan.
Sud Saidvaliyevani aybdor deb topib, bir necha yilga ozodlikdan mahrum qilgan.
Tadbirkorlarga yetkazilgan zarar undirilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish