Jahon | 18:13 / 19.10.2015
5840
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya bosh vaziri: chegarada urib tushirilgan dron Rossiyada ishlab chiqarilgan

Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘lu Turkiyaning Suriya bilan chegara qismida urib tushirilgan dron Rossiya tomonidan ishlab chiqarilgan qurilma ekaniga ishonchi komilligini bildirdi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi.

“Urib tushirilgan uchuvchisiz vosita Rossiyada ishlab chiqarilgan, lekin Rossiya uning o‘ziga tegishli emasligini bizga do‘stona xabar qildi”, - deya ta'kidladi Dovudo‘g‘li.

U dron Rossiyadan qurol-yarog‘ sotib oladigan Suriya hukumat qo‘shinlari yoki kurdlar  tomonidan boshqarilganini taxmin qildi.

Biroz oldinroq, Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li mamlakat havo hududini noqonuniy buzgan uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlari va samolyotlar urib tushirilishi haqida aytgandi.

Undan avvalroq Turkiya hukumati F-16 qiruvchisi mamlakat havo hududini Suriya tomondan buzgan uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatining urib tushirilgani haqda ma'lum qilgandi.

Rossiya bosh shtabi Turkiya harbiy havo kuchlari tomonidan urib tushirilgan uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparati Rossiyaniki emasligi haqda ma'lum qilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish