09:02 / 19.10.2015
3031

Xitoy iqtisodiyotining o‘sish ko‘rsatkichlari 6,9 foizgacha sekinlashdi

Xitoy yalpi ichki mahsulotining o‘sish ko‘rsatkichlari 2015 yil uchinchi chorakda 6,9 foizga qadar sekinlashdi, deya xabar qildi Associated Press. Bu 2009 yildan buyon eng past ko‘rsatkichdir.

Mamlakatning davlat statistika byurosi ma'lumotlariga ko‘ra, YaIM o‘sish ko‘rsatkichi yillik ko‘rinishda birinchi va ikkinchi choraklarda 7 foizni tashkil etgan edi.

Biroq qayd etilgan natija avvalgi bashoratlarda keltirilgan 6,8 foiz o‘rniga 0,1 foiz yuqorilab, 6,9 foizni tashkil etdi.

Avvalroq XXR eksporti hajmi sentabr oyida 3,7 foiz, import —20,4 foizga kamaygani xabar berilgan edi. Xitoy oltin-valyuta zaxirasi sentabr oyida $43,3 mlrdga kamaygan.

Top