17:24 / 20.10.2015
2973

“Krasnogorsk mergani”ga ayblovlar qo‘yildi

Moskvaning Krasnogorsk tumanida 4 kishini o‘ldirishda gumon qilinayotgan tijoratchi Amiran Georgadzega ayblov o‘qildi. Bu haqda Rossiya tergov qo‘mitasi saytida xabar berildi.

Jinoiy ish jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-a bandi qo‘zg‘atildi. Georgadze qidiruvga berildi.
19 oktabr kuni Georgadze Krasnogorsk tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Yuriy Karaulovni va “Krasnogorsk elektrik tarmog‘i” rahbari Georgiy Kotlyarenkoni otib tashladi.

Qotillik Karaulovning kabinetida sodir etildi. Shundan so‘ng biznesmen va uning kabinetga qurol solingan sumkani olib kirgan haydovchisi voqea joyidan yashirinishgan. Yo‘lda Georgadze yo‘lida uchragan mahalliy aholi vakilini otib tashlagan. Keyinroq uning shahar chetidagi uyida biznes hamkori Trestan Zakaidzening jasadi topildi.

Top