Sport | 16:45 / 20.10.2015
2736
1 daqiqa o‘qiladi

Aaron Remzi: Bizda Levandovskini to‘xtata oladigan himoyachilar bor

"Arsenal" yarim himoyachisi Aaron Remzi YeChL doirasida "Bavariya"ga qarshi kechadigan uchrashuv haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bavariya" - ajoyib jamoa. Uning tarkibida haqiqiy yulduzlar to‘p suradilar. Ularda jamoaviy o‘yin yaxshi shakllangan. Myunxenliklar har yili yuqori o‘rinlar uchun kurashishlarini bemalol maqtanishlari mumkin.

Bu o‘yin qiyin kechadi, ammo biz g‘alaba qozona olamiz. "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski mavsumni ajoyib tarzda o‘tkazmoqda va ko‘plab gollar urishga ulgurdi. Ammo bizda uni to‘xtata oladigan kuchli himoyachilar yetarli", - deydi futbolchi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish