Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adidas avtomatik ravishda poyafzallar ishlab chiqaradigan fabrika ochadi
Sport mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Adidas kompaniyasi 2016 yilda Germaniyada butunlay avtomatik ravishda ishlaydigan fabrika ochadi, deb ma'lum qilmoqda Huffington Post.
Ushbu yangi fabrikaning nomi Speedfactory deb ataladigan bo‘ldi. Adidas roboto texnika borasida Germaniya hukumati, olimlar va firmalari bilan hamkorlik qiladi. Kompaniya bu yo‘nalish poyafzal ishlab chiqarish texnologiyasi tubdan o‘zgartiribyuborishga ishonmoqda.
Shu ma'noda, Adidas kompaniyasi o‘z iste'molchilariga yaqin bo‘lish maqsadida, G‘arbda ishlab chiqarishni ko‘paytiradi. Bu, o‘z navbatida, transport xarajatini tejashga hissa qo‘shadi. Avtomatik ravishda ishlab iqaruvchi birinchi zavod 2016 yilda Ansbax shahrida ochiladi.