Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik olimlar sayyorada hayotning paydo bo‘lishi sanasi yana 300 mln yilga qadimiylashtirishdi
Yer sayyorasida hayot ilgari taxmin qilinganidan 300 mln yilga oldinroq paydo bo‘lgani ehtimoldan holi emas. Bunday xulosa Los-Anjyelesdagi Kaliforniya universiteti professori Mark Xarrison boshchiligidagi tadqiqot guruhi tomonidan NBC telekanali efirida aytib o‘tildi.
“Eng yangi tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, tirik organizmlar sayyoramizda 4.1 mlrd yil avval bor edi, - deyilda kanalda. – Bu biologik organizmlar tug‘ilishining ilgarigi datirovkasidan 300 mln yilga qadimiyroqdir”.
Kutilmagan kashfiyot olimlar tomonidan G‘arbiy Avstraliyada topilgan eng qadimiy sirkon kristallarini o‘rganish jarayonida amalga oshirildi. Aniqlangan uglerod zonalari, Xarrisonning ta'kidlashicha, bir paytlar mavjud bo‘lgan biologik organizmlar hayotiy faoliyatining natijalaridir.
Biologik organizmlarning shu paytgacha eng qadimiy deb hisoblangan izlari Grendlandiyaning janubi-g‘arbida topilgan edi.