Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bogotada falokatga uchragan samolyotda Kolumbiyaning sobiq prezidenti uchishi kerak bo‘lgani aytilmoqda
Kolumbiya poytaxti Bogota shahrida nonvoyxona va aholi turadigan tumanga kichik samolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi, deb yozmoqda La Prensa nashri.
Ikki motorli Beechcraft 60 samolyoti qulashi va uning ortidan chiqqan yong‘in oqibatida uchuvchi va 3 nafar yo‘lovchi hamda yerda bir kishi halok bo‘ldi. Yana bir ayol olingan kuyish jarohatlaridan shifoxonada ko‘z yumdi. Bundan tashqari, yana 15 kishi jarohat olgan.
Kolumbiyaning sobiq prezidenti Andres Pastrana noxush voqeani batafsil tergov qilishga chaqirdi. Pastrana va sobiq mudofaa vaziri ham namoyishga tashrif buyurish uchun bu samolyotda uchishlari kerak bo‘lgan, biroq samolyot Eldorado aeroportidan havoga ko‘tarilgandan biroz o‘tib qulab tushgan. Bu voqea Pastrana va uning hamrohi aeroportga havo transporti kutayotgan paytda sodir bo‘lgan.
Andres Pastrana Arango 1998-2002 yillar davomida Kolumbiya prezidenti bo‘lgan hamda 2005-2006 yillarda Kolumbiyaning AQShdagi elchisi lavozimida ishlagan.