Bugun, 20 oktabr kuni Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqichida 3-tur uchrashuvlariga start beriladi.
Seshanba oqshomida 4ta guruhda (E, F, G va H) 8ta uchrashuv o‘tkaziladi.
Arsenal - Bavariya
Bugungi o‘yinlarning eng qizig‘i shubhasiz, Angliya poytaxtida kechadi. Unda "Arsenal" klubi Myunxenning "Bavariya" jamoasini kutib oladi. Aynan "to‘pchilar"da nemis grandlarini yengish tajribasi yaxshi shakllangan.
"Bavariya" futbolchisi Myuller esa «Arsenal» bilan o‘yin oson bo‘lmasligini taxmin qilgan.
Ayni vaqtda, 2 tur o‘yinlaridan keyin "Bavariya" F guruhida 6 ochko bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi, "kanonirlar" esa ikki turda ham mag‘lub bo‘lgan va oxirgi o‘rinda joylashgan.
"Dinamo Z" - "Olimpiakos"
Guruhning ikkinchi uchrashuvida xorvatlarning "Dinamo"si greklarning "Olimpiakos" jamoasini qabul qiladi.
Ye guruhi
"Barselona" - BATE
"Ye" guruhi vakili Kataloniyaning "Barselona" jamoasi Belarus poytaxti Minskda BATE mehmoni bo‘ladi.
"Bayyer" - "Roma"
Guruhning ikkinchi uchrashuvida "Bayyer" Rimning "Roma" jamoasini qabul qiladi.
Ayni vaqtda "aptekachilar" 3 ochko bilan ikkinchi o‘rinda, "Roma" esa 1 ochko bilan oxirgi o‘rinda turibdi.
G guruhi
"Dinamo" - "Chelsi"
G guruhida esa Kiyevning "Dinamo" va Londonning "Chelsi" jamoalari to‘qnashadi.
2-tur natijalariga ko‘ra, kiyevliklar 4 ochko bilan birinchi, londonliklar esa 3 ochko bilan 3chi o‘rinda turibdi.
"Portu" - "Makkabi T-A"
Portugaliyada "Portu" Isroilning "Makkabi T-A" jamoasini qabul qiladi.
H guruhi
Zenit - Lion
Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi o‘z maydonida Fransiyaning "Lion" jamoasini qabul qiladi.
"Valensiya" va "Gent"
Bugungi o‘yinlarning sakkizinchisi Ispaniyada, "Valensiya" va "Gent" o‘rtasida o‘tkaziladi.