09:47 / 20.10.2015
4006

Eden Azar: Men va Villian "Chelsi"ning texnikasi eng zo‘r futbolchilarimiz

Ukrainadagi MatchDay nashri muxbiri "Chelsi"ning "Dinamo"ga qarshi o‘yini oldidan Kiyevga kelgan londonliklar yetakchilaridan biri, belgiyalik yarim himoyachi Eden Azarga bir nechta savollar bilan murojaat qildi. Futbolchi esa hazil aralash bu ekspress-intervyuda qiziq ma'lumotlar bilan javob berdi.

Azar

- Eden, "Chelsi"da texnikasi eng zo‘r futbolchi kim?

– Villian va men.

- Jismonan eng kuchli futbolchi?

– Branislav Ivanovich, Jona Terri va Gari Keyxill.

- Eng ko‘p gap sotadigan futbolchilaringiz kimligini ayta olasanmi?

– Bu albatta, Terri.

- "Chelsi"da yurakdan ishlaydigan futbolchi kim?

– Men.

- Dush ostida kim ko‘p ashula aytadi?

– Bu ham Terri.

- "Chelsi"da hammadan yomon kiyinadigan kim?

– Tibo Kurtua. Uning balanda bo‘yiga loyiq modadagi va sifatli kiyim izlab ko‘ringchi.

- Jamoada kim sen bilan yaqinroq?

– Ivanovich, Aspilikueta va Kurtua.

- Kim jamoadan ketganida ko‘proq achingansan?

– Xuan Mata. U bilan maydonda bir-birimizni juda yaxshi tushunar edik.

- "Chelsi"da kim bilan yonma-yon o‘ynashni orzu qilasan?

– Zidan va Anri bilan. Ammo bu amalga oshmaydigan ish, – deydi Azar.

Azar Kiyevda

U shuningdek, jamoadagi eng jasur futbolchi Ramires ekanini, Kosta va Oskar ingliz tilini hali ham yaxshi o‘rganishmaganini, lekin bu Kosta o‘z hazillarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilmasligini aytib bergan.

Top