Sport | 22:12 / 20.10.2015
2480
1 daqiqa o‘qiladi

FIFA prezidentligi uchun o‘tkaziladigan saylov muddati o‘zgartirilmaydigan bo‘ldi

Bugun, 20 oktabr kuni Tsyurix shahrida FIFA ijroqo‘mi o‘zining navbatdan tashqari majlisida prezident saylovi kunini o‘zgartirmaslik bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Ovoz berish jarayoni avvaldan belgilanganidak, 2016 yilning 26 fevral kunida bo‘lib o‘tadi.

Bundan tashqari, ma'lum muddat futboldan chetlatilgan amaldorlarning nomzodlari ko‘rib chiqilmaydi.

Endi bundan keyin FIFA rahbarining yoshi 74 dan oshmasligi kerak bo‘ladi va u uzog‘i bilan 12 yil rahbarlik qila oladi.

Ma'lumot uchun, nomzodlarning arizasi shu yilning 26 oktabridan boshlab ko‘rib chiqiladi.

FIFA prezidenti Yozef Blatter va UYeFA rahbari Mishel Platini 90 kunga futboldan chetlashtirilgach, saylovlarning o‘tkazilish muddati ortga surilishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish