11:24 / 20.10.2015
3251

Hindiston shimolida yo‘lovchi bilan liq to‘la avtobus jarlikka qulab tushdi, 30 kishi tirik qoldi

Hindiston shimolidagi Jammu va Kashmir shtatlarini bog‘lovchi tog‘ yo‘lida yo‘lovchi avtobusi jarlikka qulab tushdi. Mahalliy politsiyaning ma'lum qilishicha, hodisadan eng kamida 14 kishi halok bo‘ldi, 30 nafardan ziyod yo‘lovchi jiddiy jarohat oldi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, odamlar bilan liq to‘la transport vositasi haydovchisi yo‘lning murakkab uchastkasida boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygan. Udxampur okrugidagi Gxodri qishlog‘i yaqinida ro‘y bergan avariya joyiga qutqaruvchilar va shifokorlar yetib kelishgan. Jarohatlangan va halok bo‘lganlar murakkab sharoitda evakuatsiya qilinmoqda.
Politsiya rasmiy vakilining so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni bir qism yo‘lovchilar hamon avtobus ichida qolib ketayotgani sababli yanada ortishi mumkin.

Top