15:10 / 20.10.2015
3147

Jizzaxda 2015-2016 yil qish mavsumiga 24 ming tonna qishloq xo‘jalik mahsulotlari zaxirasini yaratish rejalashtirilgan

Joriy yilda Jizzax viloyati dalalaridan 341 ming tonna sabzavot, 226,3 ming tonna poliz mahsulotlari, 69,6 ming tonna kartoshka, 98 ming tonna meva, 45 ming tonna uzum yig‘ishtirib olish mo‘ljallanmoqda. Bu haqda O‘zA xabar qilgan.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, xalq ta'limi, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta'minot, savdo hamda yirik tashkilotlarning ehtiyojlari uchun 7 ming 112 tonna kartoshka, 4,5 ming tonna piyoz, 3,5 ming tonna sabzi zaxiraga qo‘yiladi.

Ayni paytda viloyatning barcha tumanlarida dehqon va fermerlardan shartnoma asosida sotib olinayotgan mahsulotlar maxsus muzlatkich va omborxonalarga joylashtirilmoqda.

Top