Jahon | 15:43 / 20.10.2015
3213
2 daqiqa o‘qiladi

JSST: Bajarilmagan majburiyatlar Qunduzdagi kabi fojialarga olib keladi

Mamlakatlarning o‘zlari imzolagan xalqaro hujjatlar va o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarga hurmatsizlik bilan qarashi Afg‘onistoning Qunduz shahridagi “Chegarasiz shifokorlar” kasalxonasining AQSh qo‘shinlari tomonidan bombardimon qilishi, oqibatda 22 kishining halok bo‘lgani kabi og‘ir fojialarni keltirib chiqaradi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Margaret Chen ma'lum qildi.

“Meni Jyeneva konvensiyasiga bo‘lgan hurmatsizlikning ortib borayotgani xavotirga solmoqda. Davlatlar konvensiya ortidan konvensiyalarni imzolashmoqda, biroq ular bajarilmayapti. Bu jamoatchilik uchun katta chaqiriqdir. Agarda siz nimanidir imzolasangiz, biz uni ado etishingizni kutamiz”, - dedi Chen jurnalistlarga mojarolar vaqtida tibbiyot infratuzilmalariga uyushtirilgan hujumlar bilan bog‘liq vaziyatga izoh berar ekan.

Chenning so‘zlariga ko‘ra, faqatgina 2014 yilda 600 nafardan ziyod tibbiyot xodimi harbiy mojarolar davom etayotgan hududlarda halok bo‘ldi. Shuningdek, dunyoning 32 mamlakatida qariyb ming nafar shifokor jarohat olgan.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 3 oktabr kuni AQSh harbiy-havo kuchlari tomonidan "Chegarasiz shifokorlar" tashkiloti kasalxonasiga havodan zarba berilishi oqibatida 22 kishi, jumladan, ayollar va bolalar halok bo‘lgan edi. Yana 37 nafar kishi, xususan tashkilotning 19 nafar xodimi jarohatlangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish