Sport | 09:06 / 20.10.2015
2496
1 daqiqa o‘qiladi

Karlo Anchelotti Goal.com saytida kolumnistlik qiladi

"Milan" va "Real" jamoalarining sobiq bosh murabbiyi bo‘lmish Karlo Anchelotti Goal.com saytida 2015-2016 yilgi YeChL bahslari bo‘yicha tahlilchi-kolumnist sifatida faoliyat ko‘rsatadi.

"Men Goal.com sayti orqali futbol dunyosida bo‘lishim va butun dunyodagi muxlislar bilan aloqada qolishda juda mamnunman. Bu sayt orqali futbol bo‘yicha mulohazalarim bilan o‘rtoqlashib boraman.

Futbol - ajoyib olam. Bu mening olamim va men bu olamimda uzoq vaqt qolishni istayman. Men jamoa murabbiyi sifatida bo‘lmasada, futbol olamida qolish uchun eng yaxshi yo‘lni tanladim", deydi Karlo Anchelotti Goal.com anonsida.

Eslatib o‘tamiz, Anchelotti "Real" murabbiyligidan ketgach, ta'tilga chiqqan va "Liverpul" jamoasidan bo‘lgan taklifni rad etgandi.

Keyinroq uning 2016 yilda APL klublaridan birida ishlay boshlashi mumkinligi xabar qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish