Jahon | 14:51 / 20.10.2015
7473
2 daqiqa o‘qiladi

Kreml Asadni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechishi uchun katta miqdorda pul taklif qilingani haqidagi xabarni rad etdi

Kremlda Eron ommaviy axborot vositalarining Saudiya Arabistoni tomonidan Rossiyaga Suriya prezidenti Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortishi evaziga 300 mlrd dollar taklif etilgani to‘g‘risidagi xabarlarni inkor qildi.

“Unday emas, bu gazeta “o‘rdagi” (yolg‘on va tasdiqlanmagan xabar), - dedi Rossiya Federatsiyasi prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov TASS savoliga javob berar ekan.
O‘tgan haftada Eronning Ettelaat nashri avvalroq Sochi shahrida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Saudiya Arabistoni Mudofaa vaziri Muhammad bil Salmon o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvga bag‘ishlangan maqola chop etilgan edi.

Unda nashr Qirollik vakili Moskvaga Suriya prezidenti Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatgan taqdirda, 300 mlrd dollar va Rossiya iqtisodiyotiga kelgusida investitsiyalar kiritish taklifi bilan murojaat qilgani aytib o‘tilgan. Gazeta xabariga ko‘ra, mazkur taklif rad etilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish