Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR to‘rtinchi yadro sinovini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Shimoliy Koreya yana bir marta yadro sinovini o‘tkazishga kirishdi. Bu haqda Janubiy Koreya razvedkasi qo‘lga kiritgan ma'lumotlar guvohlik bermoqda.
To‘rtinchi marotaba o‘tkazilayotgan sinovlar sanasi aniq emas.
Shimoliy Koreyaning portlashga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida muholifatdagi “Yangi siyosat demokratik alyansi” partiyasi deputati Sin Gyon Min va hukmron partiya hisoblangan “Senuri” partiyasi parlamentariysi Li Chxol U aytib o‘tdi.
Ryonhap agentligi ma'lumotiga ko‘ra, Pxenyanning yadro sinovini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida taxmin qilish uchun barcha asoslar mavjud, biroq uning aniq sanasi hozircha ma'lum emas. Bundan avval esa Pxenyan 2006, v 2009 va 2013 yillarda yer osti yadro sinovlarini o‘tkazgan.
Bu esa xalqaro hamjamiyatning keskin noroziligiga sabab bo‘lgan edi. KXDR harakatlariga javob tariqachida BMT Xavfsizlik kengashi mamlakatlarni yadro sohasida tadqiqotlarni to‘xtatishi talab qilingan bir qator rezolyutsiyalarni qabul qildi.