Sport | 19:34 / 20.10.2015
3666
1 daqiqa o‘qiladi

Leonid Slutskiy: «MYu»ni 10:9 hisobida mag‘lub etish bizni qanoatlantiradi

TsSKA klubi bosh murabbiyi Leonid Slutskiy "MYu"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Har bir o‘yinda darvozamiz daxlsizligini saqlashga harakat qilamiz. Ba'zan buning uddasidan chiqamiz, ba'zan esa yo‘q. Menga qolsa, qanday hisobda bo‘lsa ham g‘alaba qozonsak kifoya. Masalan, 10:9 hisobidagi g‘alaba ham bizni qoniqtirgan bo‘lardi.

Raqibni yaxshi o‘rganib chiqdik. Van Gaal so‘nggi o‘yinlarda ko‘p o‘zgarishlarni amalga oshirmoqda. Biz kuchli raqibga qarshi o‘ynaymiz", - deydi Slutskiy.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish