Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Microsoft elektrokarlarni rivojlantirishda yordam beradi
Microsoft kompaniyasi Shveytsariyaning ABB kompaniyasi bilan elektrokarlarni tezkor quvvatlashning usullarini rivojlantirish bo‘yicha birgalikda izlanish olib boradi, deb xabar bermoqda VentureBeat nashri.
ABB elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Microsoft kompaniyasi ABB’ga Azure ma'lumotlarni saqlash bulutli texnologiyalarini taqdim qiladi va bu bilan ABB’ning biznesi rivojlanishiga imkon yaratadi. Qayd etilishicha, ikki kompaniyaning o‘zaro hamkorligi ularning kelgusi loyihalari uchun mashinaviy ta'lim berish va tahliliy imkoniyatlarini olg‘a surishga imkon beradi.