Jahon | 19:48 / 20.10.2015
3592
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada 100 nafar kishi “Hizb ut-Tahrir” a'zoligiga ayblanib qo‘lga olindi

Moskvada 100 nafar kishi “Hizbut ut Tahrir al Islomiy” tashkilotiga a'zoligi sabab qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Rossiya IIV rasmiy sayti.

Ayni damda 20 kishi hibsga olingan. Moskvaning Meshchan sudida ularni qo‘lga olish bo‘yicha 20 ta material yig‘ilgan.

“20 nafarga yaqin kishi, shu jumladan, tarmoqning rahbari ham qo‘lga olingan. Ular taqiqlangan ektremistik adabiyotlar, shuningdek, goqonuniy pul aylanmasi, shu bilan birga, terrorchilik tayyorlash ishlari bilan shug‘ullanishgan”, — deyiladi ma'lumotda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish