Jamiyat | 16:48 / 20.10.2015
2300
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada “Hizb ut-Tahrir” a'zoligida gumon qilingan ikki markaziy osiyolik hibsga olindi

Moskva sudi “Hizb ut-Tahrir al islomiy” terroristik tashkilotiga a'zolikda ayblanayotgan ikki nafar Markaziy Osiyo vakilini qo‘lga olish to‘g‘risida qaror chiqardi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qildi.

“Sud Rossiya FXXning Maxsudov va Jurabayevga nisbatan hibsga olish to‘g‘risidagi murojaatini qondirdi”, - deya xabar qildi sud matbuot kotibi Yuliya Skotnikova.
Qayd etilishicha, ularga nisbatan terroristik tashkilotlar faoliyatini tashkil etish va ular ishida qatnashganlik aybi qo‘yildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish