Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NASA: 10 oktabrda aniqlangan gigant asteroid 31 oktabrda Yerga maksimal darajada yaqinlashadi
AQShning NASA koinot agentligi xodimlari 2015 yilning 10 oktabrida qayd qilingan TB145 ulkan asteroidi Yerga yaqinlashgan samo jismlari ichida eng kattasi ekanini aniqlashdi. Asteroid Pan-STARRS teleskoplar avtomatik tizimi yordamida aniqlangan edi. Bu haqda The Daily Mirror nashri xabar bergan.
Olimlarning ta'kidlashicha, asteroid 31 oktabrda sayyoramizga maksimal darajada yaqinlashadi va 500 ming km naridan uchib o‘tadi. Biroq uni oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi, uni faqatgina teleskop yordamida ko‘rish mumkin.
“Asteroidning diametri 280-620 metrni, tezligi esa soatiga 126 ming kilometrni tashkil qiladi. Kuzatuvlar davomida bu samo jismi o‘zini juda betayin tutayotgani aniqlandi, u bir necha bor harakat yo‘nalishini o‘zgartirgan”, deb aytmoqdalar olimlar.
Biroq mutaxassislar asteroid Yerga juda yaqin harakatlangani bilan uni chetlab o‘tishini ta'kidlashmoqda. Bundan to‘qnashuvlarni monitoring qilish Sentry avtomatik tizimidan olingan tahlillar darak bermoqda. Bu tizim yordamida astronomlar yaqin 100 yil ichida asteroidlarning sayyoramizga ta'sir qilishi imkoniyatini hisoblab chiqishadi.
NASA ma'lumotlariga ko‘ra, tizim hozirda tahlil qilayotgan bir necha ming samo jismidan birontasi Yerga xavf solmayapti.