13:44 / 20.10.2015
3668

NYT: migratsion inqirozdan kontrabandachilar foydalanmoqda

Yevropadagi migratsion inqiroz tufayli birinchi navbatda kontrabandachilarning cho‘ntaklari qappaymoqda, deb hisoblaydi The New Yorks Times gazetasi.

Yaqindagina Avstriyaga ketayotgan furgon ichida 71 muhojir nafasi qaytib o‘lib qoldi. Halok bo‘lganlardan kamida 10 nafari kambag‘al bo‘lmagani, yetarlicha puli bo‘lgani, shunga qaramay, kontrabandachilarga murojaat qilgani oila vakillari va qarindoshlari tomonidan aytib o‘tildi. Ular kontrabandachilarga ko‘chish bilan bog‘liq tahdidlarni chetlab o‘tish uchun pul to‘lashgan edi.

Ta'kidlanishicha, jinoyatchilar muhojirlar psixologiyasiga ta'sir o‘tkazib, hatto aqlli va o‘qimishli insonlarda ham bechorahollik dunyoqarashini shakllantirmoqda. Buning natijasida ular jinoyatchilarga “mijoz” bo‘lmoqda.

30 yoshli Hasan Xolid uning furgon ichida halok bo‘lgan akasi Husayn arxeologiya aspiranti bo‘lganini, Germaniyaga yetib olib, u yerda doktorlik yoqlashni ishlaganini ta'kidlab o‘tdi.

“U yaxshi ta'lim olgan bo‘lib, juda ehtiyotkor edi. Safar oldidan u ko‘plar bilan maslahatlashdi, va barcha yuk mashinasida yurmaslik kerakligini aytdi”, - dedi u.

Top