01:39 / 20.10.2015
4419

Omsk viloyatida qotillikda gumon qilingan o‘zbekistonlik shaxs qo‘lga olindi

Oktyabr oyining boshida Rossiya-Qozog‘iston chegarasida 35 yoshli O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga olishdi. U Rossiya hududiga noqonuniy o‘tishni rejalagan.

Erkak chegarachilar nazarini o‘ziga tortgan va qo‘lga olingan. Uning hujjatlari tekshirilganda, 2004 yilda qotillik, talon-tarojchilik, o‘g‘rilik va sovuq qurol saqlash kabi jinoiy ishlar bilan sudlangani ma'lum bo‘ldi. U bir necha yilga ozodlikdan mahrum qilingan va jazoni o‘tash joyidan qochgan bo‘lib chiqdi.

Hudud matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, qochoqning qamoq muddatiga yana muddat qo‘shilgan. Unga “Rossiya chegarasini noqonuniy ravishda buzib o‘tish” moddasi bilan ayblov qo‘yildi.

Top