Jahon | 11:19 / 20.10.2015
3057
1 daqiqa o‘qiladi

Pan Gi Mun Isroil va Falastin xalqlariga videomurojaat yo‘lladi

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Isroil va Falastin xalqlariga videomurojaat yo‘llab, ularni ixtilofni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirdi. Bratislavaga tashrif chog‘ida yozilib, tashkilotning rasmiy saytiga joylashtirilgan murojaatda bosh kotib ixtilof “falastinliklarning o‘z davlatiga ega bo‘lish, isroilliklarning esa o‘z xavfsizliklarini ta'minlash borasidagi qonuniy talablari va manfaatlariga faqat ziyon keltirishi”ni ta'kidladi.

“Men okkupatsiya qilingan Falastin hududi va Isroildagi, ayniqsa, Quddusdagi vaziyatning keskinlashishi munosabati bilan Isroil va Falastin xalqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilmoqchiman. Men barcha kabi yosh insonlar birovni o‘ldirish uchun qo‘liga qurol olganini ko‘rsam, dahshatga tushaman”, - deyiladi murojaatnomada.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish