13:27 / 20.10.2015
16931

Qo‘qonda varaqalar tarqatgani uchun qo‘lga olingan muallimalar IShID yollovchilari bo‘lib chiqdi

Shu yilning 9 oktabr kunida Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri huquq-tartibot muassasalari xodimlari umumta'lim maktabining 2 nafar muallimasini IShID terrorchilik guruhining varaqalarini tarqatgani uchun hibsga olishgandi.

O‘zbekiston IIV vakili Samvel Petrosyanning ma'lum qilishicha, ular IShID g‘oyalari targ‘ibotchilari va mobil telefonlarida IShID varaqalari matni saqlaganlikda ayblanmoqda.

"Ayni vaqtda ular jamiyatga qancha zarar yetkazgani va IShID safiga qancha odam yollashga ulgurgani aniq emas", deydi Petrosyan.

Biroz avvalroq, Istanbulda O‘zbekiston va Tojikistondan 24 nafar balog‘atga yetmagan bola IShID jangariligiga tayyorlangani aniqlangandi.

Top