Jahon | 23:57 / 20.10.2015
4971
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Mudofaa vazirligi: Suriyadagi Rossiya Qurolli kuchlari harbiylari orasida yo‘qotishlar yo‘q

Suriyadagi Rossiya Qurolli kuchlari harbiylari orasida hech qanday yo‘qotishlar yo‘q, deb ma'lum qildi 20 oktabrda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati boshqarmasi.

“Xorijiy OAVlarda Suriyada rossiyalik harbiylar halok bo‘lgani haqida paydo bo‘layotgan xabarlar bilan bog‘liq holda shuni ma'lum qilamiz: Suriyadagi Rossiya Qurolli kuchlari harbiylari orasida hech qanday yo‘qotishlar yo‘q”, deb aytilmoqda xabarda.

Avvalroq Reyter agentligi “yuqori lavozimli hukumatdagi manba”ga iqtibos keltirgan holda Suriya armiyasining Lataqiyadagi pozitsiyalari o‘qqa tutilishi oqibatida uch nafar rossiyalik harbiy halok bo‘lganini ma'lum qilgan.

Rossiyaning Damashqdagi elchixonasida ham bu xabar inkor etildi va bu navbatdagi axboriy xuruj ekanligi aytildi.

Bir qator xorijiy OAVlar anonim manbalarga iqtibos keltirgan holda bir necha bor Rossiyaning Suriyadagi operatsiyasi davomida shunga o‘xshash voqealar bo‘lgani haqida xabar bergan, biroq ularning birortasi rasmiy tasdig‘ini topmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish