Jahon | 22:04 / 20.10.2015
4396
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya samolyotlari 1 kun ichida Suriyada IShIDning 19ta qo‘mondonlik punktini yo‘q qildi

Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkovning ma'lum qilishicha, 20 oktabr kuni rus aviatsiyasi tomonidan amalga oshirilgan harbiy amaliyotlar natijasida IShIDning Suriya hududidagi 19ta qo‘mondonlik punkti yo‘q qilindi.

Uning aytishicha, yo‘q qilingan obektlarning ikkitasi o‘q-dori saqlanadigan omborxona, bittasi o‘q-dori va portlovchi qurilmalar ishlab chiqariladigan zavod, yana to‘qqiztasi Hama viloyatidagi jangarilarning harbiy bazalari bo‘lgan.

Biroz avvalroq, IShID Rakka viloyatidagi 14 yoshga to‘lgan o‘g‘il bolalarni yoppasiga qurollantirib, o‘z saflariga qo‘shishni boshlagani xabar qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish