Jahon | 22:45 / 20.10.2015
3266
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Suriyada 3 nafar rossiyalik harbiyning halok bo‘lgani haqidagi xabarni inkor qildi

G‘arb OAVi orqali bugun Suriya hududida 3 nafar rossiyalik harbiyning halok bo‘lgani haqida tarqatilgan xabarlar Rossiyaning Damashqdagi elchixonasi tomonidan inkor qilindi.

"Diplomatik missiya Suriyada "3 nafar rossiyalik" yoki "rossiyalik 3 harbiy" halok bo‘lgani haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi. Elchixona bu xabarni navbatdagi "axboriy chiqindi" deya atadi", deb yozadi RIA Novosti nashri.

"Bu navbatdagi bo‘hton. Bu ma'lumot Londondagi inson huquqlari bo‘yicha markaz tomonidan tarqatilganini hisobga oladigan bo‘lsak, xabarning ishonchsizliligi kunday ravshan bo‘ladi", deb bayonot berilgan Rossiyaning Damashqdagi elchixonasida.

Biroz oldinroq, Reyter agentligi Suriyada 3 nafar rossiyalik harbiy jangarilar qurboniga aylangani haqida ma'lum qilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish