Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:14 / 20.10.2015
2667
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiyada Suriya Kurdistonining vakolatxonasi ochilishi mumkin
Rossiyada Suriya Kurdistonining rasmiy vakolatxonasi ochilishi mumkin. Bu haqda “Kommersant'” gazetasi yozmoqda.
Aytilishicha “Demokratik ittifoq” partiyasi ushbu masala bo‘yicha Rossiya TIVda muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Kurdlar Moskvada ofis ochilishi Rossiya harbiylarining radikallarga qarshi kurashda kurd muxtoriyati bilan hamkorlik qilishiga imkon yaratib beradi.
O‘z navbatida, Turkiya diplomatik vakolatxonasi bunday qadamga Anqara keskin salbiy javob berishini ta'kidladi.
TIV ushbu axborotni hozircha tasdiqlamadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish