Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada Tojikiston fuqarosi IShID ramzi tushirilgan futbolka kiygani uchun jazoga tortildi
Rossiyaning Sankt-Peterburg sudi qaroriga binoan o‘z libosiga IShID terroristik tashkiloti ramzini tushirib yurgan Tojikiston fuqarosi hibsga olindi, deya xabar bermoqda «Fontanka.ru».
Qayd etilishicha, 27 yoshli yigit jazoni ijro etishga jalb qilib bo‘lingan. Sud uning ustidan federal qonunlarda namoyish etilishi taqiqlangan ramzlardan foydalangani uchun besh kunlik hibsga olish to‘g‘risida hukm chiqargan.
Xabarda keltirilishicha, qora rangli ustki kiyimida IShID ramzidan boshqa hech qanday belgilar bo‘lmagan.
Tojikiston fuqarosi jazoga tortilgunga qadar kiyimining arab tilida yozilgan so‘zlar chop etilgan qismini yirtib olgan.